Ummon - Osmon (Qo'shiq Matni, Lyrics, Тексты Песен) - O'zbekcha Musiqalar Qo'shiq Matni - Qo'shiq Matni - Каталог статей - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
Ummon - Osmon (Qo'shiq Matni, Lyrics, Тексты Песен)
Osmon... oxiri yo'q yulduzlar...
Shu yulduzlarga qarab... seni izlayman...
Bulutlar... yopmanglar ko'klarini
Uni yulduzlardan so'rab... tunlar yig'layman..




Vaqt davo derlar, har bir dardga
Nega, davo bo'la olmayapti unda menga
Menga vaqt o'tishi emas menga u kerak...
U ketgan kundan beri vaqt ham to'xtab qolganday

Yomg'ir muncha yog'masang ayt kun bo'yi
Gulim so'lib bo'ldi, unmaydi endi
Uni sen ham men ham qaytarolmaymiz
Faqat bir chetda eslab... yig'larmiz

Qara xo'l bo'lib yotar xazonlar
Shu xazonlar tagida.. mani gulim yotar
Kecha, yam yashil edi barglari
Bugun, sap sariqdur ranglari

Quyosh nur sochar edi isib turgan tanamga
Undan ko'ra sochmasmidi muzlab yotgan qalbiga
Hayotimga qo'shil baxtli lavhalar
Shu kungacham ko'rar edik qancha shirin lahzalar

Dengiz uni bag'ringga oborolmadim
Sani ko'rish orzusi edi ko'rsatolmadim
Endi hech qachon kechirolmayman o'zimni
Bittagina orzusin amalga oshirolmadim

Yarim oy yarim bo'ldi, ko'nglim meni
Sen ertaga to'lasan, u to'lmas bo'ldi endi
Sendayin nur taralib turar edi yuzlaridan
Sog'inib ketdim tutib yurishim qo'llaridan

Yomg'ir muncha yog'masang ayt kun bo'yi
Gulim so'lib bo'ldi, unmaydi endi
Uni, sen ham men ham qaytarolmaymiz
Faqat bir chetda eslab... yig'larmiz

Qara xo'l bo'lib yotar xazonlar
Shu xazonlar tagida.. mani gulim yotar
Kecha, yam yashil edi barglari
Bugun, sap sariqdur ranglari

Yomg'ir muncha yog'masang ayt kun bo'yi...
Gulim so'lib bo'ldi, u unmaydi endi
Uni sen ham men ham qaytarolmaymiz
Faqat osmonlarga qarab... yig'larmiz

Qara xo'l bo'lib yotar xazonlar
Shu xazonlar tagida... mani gulim yotar
Kecha, yam yashil edi barglari
Bugun, sap sariqdur ranglari
Baholash:
Baholar: 0.0/0
Ko'rildi: 375
Qo'shildi: 04.06.2017 09:39
Qo'shdi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar