Moskvada 1-sentabr kuni terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxslardan biri o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi - 1 Сентября 2017 - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
Moskvada 1-sentabr kuni terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxslardan biri o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi
Moskvada terakt uyushtirish gumoni ostida qo‘lga olingan shaxslardan biri o‘zbekistonlik ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.



Kadr: “RBK”



Meduza xabariga ko‘ra, Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Jamoatchilik aloqalari markazi 31-avgust kuni 1-sentabrda odamlar gavjum joylarda terakt uyushtirish uchun tayyorgarlik ko‘rgan, asli Markaziy Osiyodan bo‘lgan ikki kishi qo‘lga olinganini ma’lum qilgan edi.


Qo‘lga olinganlarning har ikkisi IShID terrorchilik tashkiloti a’zolari ekani aytilmoqda. Ulardan biri — D.T. Sharipovning yonidan bolta (gumonlanuvchining to‘liq ismi oshkor etilmayapti), Murodbek Qodirovning yonidan esa portlovchi uskuna topilgan.


So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qodirov — O‘zbekiston fuqarosi, Sharipov esa — tojikistonlik. Moskva shahrining Meshchanskiy tuman sudi Qodirovni 31-oktabrga qadar hibsga olish haqida qaror chiqargan. “TASS” xabariga ko‘ra, o‘zini portlatmoqchi bo‘lgan 25 yoshli o‘zbekistonlik “aybiga iqrorligi, qilgan ishidan afsusdaligi”ni ta’kidlagan.

Baholash:
Baholar: 0.0/0
O'qildi: 229
Qo'shildi: 01.09.2017 19:48
Qo'shildi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar