Jan Klod van Damm va o‘zbekistonlik 8 jangchi kurashini ko‘rish eng kamida 50 ming so‘mga tushadi - 25 Августа 2017 - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
Jan Klod van Damm va o‘zbekistonlik 8 jangchi kurashini ko‘rish eng kamida 50 ming so‘mga tushadi
9-sentabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida miks-silat bo‘yicha ilk bor Asian Fight—2017 xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.



Foto: “Championat.asia”



“Championat.asia” nashrining xabar berishicha, katta shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan turnir uchun chiptalar sotuvga chiqarilgan. Ularning eng arzoni 50 so‘m deb baholangan. Shuningdek, sektoriga qarab 70 ming, 100 ming, 150 ming va 300 mingga ham chipta sotib olish mumkin. Tashkilotchilar VIP chiptalarni ham yo‘lga qo‘ygan.



Chiptalarni “Bunyodkor” stadioni kassalaridan xarid qilish mumkin. Ular 24-avgustdan boshlab savdoda.



Mazkur turnirda o‘zbekistonlik 8 nafar jangchi xorijlik sportchilarga qarshi ringga chiqishi ko‘zda tutilgan. Festivalda mehmon sifatida jahon kinosining yorqin yulduzlaridan biri Jan Klod van Damm ishtirok etadi. U bilan birga MMA bo‘yicha bir necha bor jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Jeff Monson ham Toshkentga tashrif buyuradi.


Musobaqa davomida Rossiya estradasi vakili, “Oltin Grammafon” g‘olibi Lok Dog o‘z qo‘shiqlari bilan ishtirok etadi.

Baholash:
Baholar: 0.0/0
O'qildi: 228
Qo'shildi: 25.08.2017 14:45
Qo'shildi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar