Jahon chempioni bo‘lgan Shahram G‘iyosov va uning murabbiyiga Gentra avtomashinasi berildi - 11 Сентября 2017 - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
Jahon chempioni bo‘lgan Shahram G‘iyosov va uning murabbiyiga Gentra avtomashinasi berildi
Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tgan boks bo‘yicha Jahon Chempionatida O‘zbekiston termasiga yagona oltin medalni -69 kilogramm vazn toifasida jang qilgan Shahram G‘iyosov olib bergandi.



Foto: Instagram




Bokschining Instagram sahifasida yangi surat paydo bo‘ldi. Unda Shahram murabbiyi Ravshan Xo‘jayev bilan Gentra avtomashinalarining yonida turgani aks etgan. “Olamsport” nashrining qayd etishicha, Buxoro viloyati hokimi charm qo‘lqop ustasi va uning murabbiyini shunday siylashga qaror qilgan.


Viloyat hokimiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Katta rahmat! Xudo xohlasa, bundanda yaxshi natijalarni ko‘rsatamiz. Vatanimizga, ilohim, ko‘z tegmasin!


Shahram G‘iyosov, bokschi



Shahram G‘iyosov Rio—2016 Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgani uchun bungacha Malibu avtomobilini qo‘lga kiritgandi.


Baholash:
Baholar: 0.0/0
O'qildi: 202
Qo'shildi: 11.09.2017 15:20
Qo'shildi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar