Yuzingizdagi toshmalar qanday muammolardan darak beradi? - 23 Августа 2017 - Kutubxona - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
Yuzingizdagi toshmalar qanday muammolardan darak beradi?
Qadim zamonlardayoq ichki a’zolar faoliyatining buzilishi va teridagi toshmalar orasidagi bog‘liqlik aniqlangan.



Foto: “Wombe.ru”



1.Peshona


Peshonadagi har qanday toshmalar asab tizimi faoliyatining muammolari, shuningdek hazm qilish a’zolarining, ayniqsa jigar va o‘t pufagi faoliyatining buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi.


Ortiqcha shirinliklar, yog‘li va kimyoviy qo‘shimchalarga boy taomlarni iste’mol qilishdan voz keching, o‘z vaqtida dam olishga harakat qiling.


2. Qoshlar o‘rtasidagi soha


Toshmalar asablar tarangligi va eng muhim ehtiyojlaringiz haqida unutganingizdan darak beradi. Albatta sokinlashtiruvchi o‘tli vannalar kursini qabul qiling, yaxshi musiqa tinglang, tabiat qo‘ynida dam oling.


3. Yonoqlar


Yonoqlardagi toshmalar chekishni tashlash va o‘pka faoliyatiga e’tibor qaratish kerakligidan darak beradi. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning, shuningdek ichaklaringiz faoliyatiga e’tibor bering, balki uni davolash kerakdir.


4. Burun


Burun ustidagi toshmalar yurakdagi yoki qon bosimi muammolaridan darak beradi. Shifokorga ko‘rining, shuningdek qahva va spirtli ichimliklar ichishni to‘xtating. Ko‘proq tomirlar holatini yaxshilovchi oziq-ovqatlar: yong‘oqlar, zaytun yog‘i, achchiq shokolad va baliq iste’mol qiling.


5. Lablar


Bu sohadagi yallig‘lanish ichaklar disbakteriozidan, lablarning qonsizligi esa anemiyadan darak beradi. Ko‘proq ko‘katlar, yong‘oqlar va achitilgan sut mahsulotlarini iste’mol qiling.


6. Iyak


Iyakdagi toshmalar organizmdagi gormonlar muvozanatining buzilganini bildiradi. Malakali endokrinolog, ginekolog yoki androlog yordamidan foydalaning. Uyqu rejimiga amal qiling, qahva va choy o‘rniga toza suv iching.

Baholash:
Baholar: 0.0/0
O'qildi: 109
Qo'shildi: 23.08.2017 15:38
Qo'shdi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar