Uy sharoitida fransuzcha “Madlen” pechenyesini tayyorlaymiz - 1 Сентября 2017 - Kutubxona - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
Uy sharoitida fransuzcha “Madlen” pechenyesini tayyorlaymiz
Mashhur fransuzcha pechenyeni tayyorlash uchun, yaxshisi, oldindan chig‘anoq shaklidagi metall formachalarni sotib olgan ma’qul.



Foto: “Xitrosti jizni”



Zarur masalliqlar:



  • oliy navli un — 120 gramm

  • saryog‘ (yoki margarin) — 90 gramm

  • shakar — 80 gramm

  • tuxum — 2 ta

  • limon suvi — 1 osh qoshiq


Maslahatlar:


Yog‘ yumshashga ulgurishi, ammo qayishqoqligini saqlab qolishi uchun, uni avvaldan sovitgichdan chiqarib qo‘ying.


Shakarni upaga aylantirgan ma’qul — shunda xamirda shakar zarrachalari bilinib qolmaydi.


Tayyorlanishi:


Saryog‘ va shakarni ko‘pirtiring. Mikserdan yoki an’anaviy venchikdan foydalaning.


Tuxumlarni qo‘shing va silliq massa hosil bo‘lguniga qadar aralashtirishda davom eting.


Limon suvi va unni qo‘shing. Xamirni qo‘lda qoring, silliq ammo unchalik qattiq bo‘lmagan aralashma hosil bo‘lishi kerak.


Duxovkani 190 darajagacha qizdiring.


Xamirni formachalarga soling va pishirishga qo‘ying.


Pechenye taxminan 12—15 daqiqada pishib chiqadi. Xamirning ustki qismi qizargach, duxovkadan olish mumkin.

Baholash:
Baholar: 0.0/0
O'qildi: 114
Qo'shildi: 01.09.2017 12:30
Qo'shdi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar