Sut: bolalikdan tanish bo‘lgan kalsiy manbai nimasi bilan xavfli? - 12 Сентября 2017 - Kutubxona - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
Sut: bolalikdan tanish bo‘lgan kalsiy manbai nimasi bilan xavfli?
E’tibor bergan bo‘lsangiz, hozirgi paytlarda sutlar deyarli buzilmay qoldi, vaqt o‘tishi bilan esa ta’mi achchiqroq bo‘la boshladi. Buning sababi – pasterizatsiya qilish.



Foto: Flickr



Pasterizatsiyalash sut oqsillarining tuzilishini o‘zgartiradi, buning natijasida organizm ularni tanimay qoladi, immun tizimi esa xuddi “dushmanlar”ni qarshi olgandek hujumga o‘tadi.


Pasterizatsiyalash laktozani qonga tez singib ketuvchi beta-laktozaga aylantiradi. Shuning uchun bir piyola sut ichsangiz ham to‘ymaysiz va yana nimadir yegingiz keladi.


Pasterizatsiyalash mikroorganizmlarni “yaxshilar” va “yomonlar”ga ajratib o‘tirmaydi va hammasini yo‘q qiladi, u bir vaqtning o‘zida sut tarkibidagi to‘yimli moddalarni kamaytiradi. Natijada sut achimaydi, lekin bu u buzilmaydi degani emas.


Pasterizatsiyalash C vitaminining bir qismini yo‘qotadi, buning natijasida kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar va yodning o‘sishi kuchayadi, bu esa ich qotishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek sutga ishlov berish jarayonida — juda muhim hisoblanadigan B6 va B12 vitaminlari ham yo‘qoladi.


Pasterizatsiyalash tabiiy kalsiyning ham ko‘rinishini o‘zgartirib yuboradi — u erimaydigan bo‘lib qoladi. Kalsiyning yetishmasligi esa tishlar va suyaklardagi muammolarni, shuningdek ayniqsa bolalarda, asab buzilishlariga olib keladi.


Pasterizatsiyalash sutni hazm qilishga yordam beruvchi fermentlarni buzadi. Buning natijasida me’da osti beziga qo‘shimcha og‘irlik tushadi.


Bunday sutdagi minerallar so‘rilmaydi va osteoporozni keltirib chiqaradi; shakar hazm bo‘lmaydi va bu allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin; yog‘lar esa toksinlarga aylanadi.


Aynan shuning uchun bugungi kunda juda ko‘p odamlarda laktozaga allergik reaksiyalarni kuzatish mumkin.


Ko‘pchilik sutni bolalikdan organizm uchun kalsiyning muhimligini bilganlari uchun ichishadi. Lekin bu foydali elementni yashil sabzavotlardan ham topish mumkin: ismaloq, brokkoli, bryussel karami, lavlagi barglari, bargli karam va boshqalar.

Baholash:
Baholar: 0.0/0
O'qildi: 122
Qo'shildi: 12.09.2017 14:04
Qo'shdi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar