Sochni quritmasdan uxlashning zarari nimada? - 23 Августа 2017 - Kutubxona - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
Sochni quritmasdan uxlashning zarari nimada?
Buvilarimiz ta’kidlaganidek, haqiqatan ham sochlarni quritmasdan uxlash zararli ekan. Quyida sizga buning uch sababini keltiramiz.



Foto: Depositphotos



Astma va allergiya


Agar siz ho‘l sochlar bilan uxlashga yotsangiz, namlikning katta qismi yostiqqa singib ketadi. Sochlaringiz tez quriydi, lekin yostiq ichidagi sintepon, paxta yoki parga singib ketgan namlik qurimasdan uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Va bu iliq muhit ichida zamburug‘lar va bakteriyalar faol ravishda ko‘paya boshlaydi. Bir necha oydan keyin esa siz zamburug‘ sporalari bilan nafas ola boshlaysiz. Agar yostig‘ingizni almashtirmasangiz, sizda bronxial astma kasalligi paydo bo‘lishi mumkin.


Qazg‘oq va soch to‘kilishi


Esingizda bo‘lsa, bundan 30-40 yillar ilgari boshda qazg‘oq paydo bo‘lishi oddiy hol hisoblanar edi. Hozirgi vaqtda uning paydo bo‘lishi kamdan-kam va tashvishga tushishga sabab bo‘ladigan voqea hisoblanadi. Insoniyatning qazg‘oq ustidan g‘alaba qilishida sochni qurituvchi fenlar muhim rol o‘ynaydi. Gap shundaki, qazg‘oqni keltirib chiqaruvchi Malassezia Furfur deb ataluvchi zamburug‘ bosh terisida har doim yashaydi. U hamma zamburug‘lar singari nam muhitda tez ko‘paya boshlaydi. Muntazam ravishda ho‘l sochlar bilan uxlashga yotish bilan siz bu zamburug‘larning ko‘payishiga sharoit yaratib bergan bo‘lasiz.


Bo‘yindagi og‘riqlar va migren


Suvning issiqlik o‘tkazuvchanligi havonikiga qaraganda 23 marta yuqoriroqdir. Agar siz sochlaringizni quritmasdan uxlashga yotsangiz, unda boshingizning yostiqdagi tomoni kompress rejimida isib turadi. Boshingizning ikkinchi tomoni esa soviydi, chunki baribir xona harorati tana haroratidan pastroq bo‘ladi. Butun kecha davomida mushaklarning bunday holatda isib yoki sovib turishi ularning qisilishiga olib keladi, natijada ertalab sizni bo‘yindagi yoki boshdagi qattiq og‘riqlar bezovta qiladi.

Baholash:
Baholar: 0.0/0
O'qildi: 119
Qo'shildi: 23.08.2017 15:25
Qo'shdi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar