Qovun yeyish uchun 5 ta sabab - 25 Августа 2017 - Kutubxona - MuzMir.uz - Музыкальный портал!!
Qovun yeyish uchun 5 ta sabab
Qovun tarkibida organizmning normal faoliyat ko‘rsatishiga yordam beruvchi va uni saraton, insult kabi kasalliklardan himoya qiluvchi vitaminlar, minerallar va boshqa foydali moddalar mavjud.



Foto: Shutterstock





  1. Qovun C va A vitaminlariga boy




Har qanday navli qovunning 100 grammi C vitaminining kundalik ehtiyoj me’yorining taxminan 20–30 foizini ta’minlaydi. Bu vitamin tananing barcha to‘qimalarining o‘sishi va normal holatda turishi uchun juda muhim, shuningdek u yaralarning bitishiga, suyaklar va tishlarning tiklanishiga yordam beradi.


A vitamini ham tishlar va suyaklar, shuningdek teri va shilliq qavatlar sog‘lig‘i uchun juda muhim. U ko‘zdagi to‘r pardani himoya qiladi, ko‘rishni yaxshilaydi.




  1. Qovun ozishga yordam beradi




Ko‘pchilik mevalar va rezavor mevalar kabi qovundan ham ozish uchun foydalanish mumkin. Uning kaloriyasi ko‘p emas (100 grammida 35 kkal ga yaqin), yog‘lar esa deyarli yo‘q. Bundan tashqari uning tarkibidagi suv to‘yish hissini uyg‘otadi, tabiiy shirinlik esa shokolad yeyish istagini yo‘qotadi.




  1. Buyrak kasalliklarini davolaydi




Qovun ajoyib siydik haydovchi xususiyatiga ega. Agar uni ertalabki paytlar muntazam ravishda iste’mol qilinsa, buyraklar sog‘lom bo‘ladi.




  1. Qovun terini sog‘lomlashtiradi




Qovun tarkibidagi vitaminlar terini taranglashtiradi va qarishdan saqlaydi. Uning bunday afzalliklaridan kundalik iste’molga qo‘shish yoki uning bo‘laklarini yuz va bo‘yinga 15-20 daqiqa qo‘yish orqali bahramand bo‘lish mumkin.




  1. Sochning qalin bo‘lib o‘sishiga yordam beradi




Qovun tarkibidagi vitaminlar va foydali moddalar sochning o‘sishiga yordam beradi va uning tushishini to‘xtatadi.

Baholash:
Baholar: 0.0/0
O'qildi: 118
Qo'shildi: 25.08.2017 14:20
Qo'shdi: Akbar_Admin
Do'stlar Bilan Baham Ko'rish
Barcha Izohlar!: 0
avatar